YURTIMIZDA BAHOR NAFASI
Assalom Navroʻz
Joriy yilning 20-mart kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida Maktabgacha, Boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari kursi mart oyi tinglovchilari tomonidan, Yasharish yangilanish bayrami boʻlmish Navroʻz ayyomi munosabati bilan ʼʼ Assalom Navroʻzʼʼ deb nomlangan ajoyib tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari Navroʻz ayyomi tarixi haqida gapirib berishdi, sherlar, raqslar hamda xalq ogʻzaki ijodidan laparlar aytishdi. Bayram tadbiri yigʻilganlarga juda manzur boʻldi. Barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.
BIRINCHI VA IKKINCHI RENESSANS DAVRIDA MARKAZIY OSIYOLIK OLIMLARNING ILM-FAN SOHASIDAGI YUTUQLARI
Joriy yilning 16-fevral kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yngi metodiklarga o’rgatish milliy markaziga Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, akademik X.I. Ibraimov va institutning professor-o’qituvchilari tashrif buyurdi.
Shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur
Jahon tarixida oʻlmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda maʼlum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy estetik tafakkurining shakllanishida balki jahon adabiyotida, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida oʻringa ega. Mustaqillik Oʻzbekistonimizda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish, uning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targʻib qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.