O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 202-sonli buyrug’i asosida Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida masofaviy o’qitish orqali malaka oshirish tashkil qilindi.

     Masofaviy ta’lim Moodle dasturi yordamida amalga oshiriladi. Moodle – bu o’qituvchilar onlayn kurslarni tashkil qilishlari uchun  yaratilgan dastur(Contend Manager System-CMS)dir. Bunday e-learning sistemalarni ko’pincha “ta’limni boshqarish sistemalari” yoki “virtual ta’lim muhiti” deb atashadi.

      2013 yilda Moodle tizimining yangi 2.4 versiyasi serverga o’rnatilib, takomillashtirilgan masofadan o’qitish kurslari materiallarini www.avloniymtk.uz sahifasiga joylashtirilishi amalga oshirildi.

     Fizika fanidan dars beruvchi o’qituvchilar manashu Moodle dasturidan foydalangan holda masofaviy ta’lim olishadi. Ushbu dastur qulayligi va egiluvchanligi bilan ajralib turadi.

     2010 yil informatika fanidan masofaviy malaka oshirgan Soliyeva Gulchehra Sharopovna masofaviy ta’lim haqida shunday deydi:

  – ”Masofaviy ta’lim olish menga birqancha qulayliklarni yaratib berdi. Xususan, malaka oshirish ishdan ajralmagan holda amalga oshirildi. Pedagogika, psixologiya kabi fanlar bilan bir qatorda AKT savodxonligi ham oshirildi, internetdan foydalanish ko’nikmasi takomillashtirildi. Moodle dasturi yordamida men boshqa kasbdoshlarim bilan bilvosita aloqada bo’lib, tajriba almashinishga muvaffaq bo’ldim.Tizimdagi ma’lumotlarni yuklab olib, ish faoliyatim davomida ulardan keng ko’lamda foydalanishga muvaffaq bo’ldim. Kontakt sessiyalarda qatnashib mustaqil olgan bilimlarimizni tyutorlar yordamida mustahkamladik va maktab laboratoriya mashg’ulotlarini institut fizika xonasida frantal bajardik, murakkab mavzularni tushunishga muvaffaq bo’ldim.”

O’qituvchilarning fikr mulohazalaridan – kompyuter imkoniyatlaridan foydalanilgan vertual laboratoriya mashg’ulotlariga ehtiyoj borligi hamda ularni bajarishga oid yo’riqnomalar kerakligi aniqlandi. Bunday vertual laboratoriyalarning ko’pchiligi www.uzedu.uz sahifasida mavjud bo’lib, ular www.avloniymtk.uz sahifasidan Xalq ta’limi sahifasiga o’tish zarur bo’ladi. Shuni oldini olish maqsadida vertual laboratoriyalarni Masofadan malaka oshirish sahifasining o’ziga ya’ni, MOODLE tizimiga o’rnatish imkoniyati mavjud.

Virtual laboratoriyaning afzalliklari:

  • Kurs qatnashchisi faol ishtirok etadi;
  • O’rganilayotgan hodisa taqdimotlar yordamida oson o’zlashtiriladi;
  • Har bir qatnashchi individual ta’lim oladi;
  • O’rganilayotgan axborotlarni puxta o’zlashtirish uchun ularga takroriy murojaat qilib turish yengillashadi.
  • Qatnashchi har bir mavzuni mustaqil ravishda o’zlashtiradi...

Yuklab olish