2019-yil 18-noyabr kuni Buxoro viloyat xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi gazeta va jurnallar bosh muharrirlari, ya’ni, “Xalq ta’limi” ilmiy-metodik jurnali bosh muharriri S.Maxmudov, “Ma’rifat“ va ”Учитель Узбекистана” gazetalarining bosh muharriri H.Nishonov,“Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri F.Asadova,“Gulxan” jurnali bosh muharriri Z.Hasanova, “G‘uncha” jurnali bosh muharriri D.Shamalipova, “Класс” gazetasi bosh muharriri Sh.Shosaidova, shuningdek, “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” jurnali muharriri E.Egamqulov, “Boshlang‘ich ta’lim“ jurnali muharriri G‘.Egamberdievlar bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda Buxoro viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining o’rinbosari H.Rajabzoda, matbuot kotibi B.To‘ev, viloyatdagi ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho‘basi mudirlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ijodkor o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni hududiy markaz direktori N.G‘.Dilova kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida, “Xalq ta’limi” jurnali va “Ma’rifat” gazetasi hamda boshqa OAVlarining O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni yuksak intellektual salohiyatli qilib tarbiyalashdagi roli, jahon tajribasini o‘rganish va ta’lim tizimiga joriy etish borasidagi keng ko‘lamli ishlariga to‘xtalib o‘tdi. Hududiy markaz professor-o‘qituvchilari va viloyatning umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining ko‘makdoshi bo‘lgan OAVlarining bundan keyingi ishiga rivoj tiladi. Shuningdek, o‘zining to‘rtta ilmiy-uslubiy maqolasini “Xalq ta’limi” jurnalida e’lon qilgani va ularda ilgari surilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy g‘oyalardan o‘qituvchilar foydalanayotganidan mamnunligini bildirdi. Bundan buyon hududiy markaz professor-o‘qituvchilari ushbu matbuot nashrlarining faoliyatida faol ishtirok etishlarini ma’lum qildi.
“Xalq ta’limi” jurnalida faol ishtirokini inobatga olib, N.G‘.Dilova tahririyatning “Faxriy yorlig‘i” bilan mukofotlandi.
Shundan so‘ng, “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, dotsent Yu.Haydarov so‘zga chiqib, “Xalq ta’limi” jurnali va “Ma’rifat” gazetasining o‘qituvchilarni fan yangiliklari va uslubiy ko‘rsatmalar bilan ta’minlashdagi rolini yuqori baholadi. O‘zi “Xalq ta’limi” jurnalida ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalarni e’lon qilib borishi, doimiy hamkorligi haqida gapirdi. “Xalq ta’limi” jurnali tahririyati dotsent Yu.Haydarovga “Eng faol hamkor” sertifikatini topshirdi. Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi. Gazeta va jurnallar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berildi.
“Xalq ta’limi” ilmiy-metodik jurnali bosh muharriri S.Maxmudov, “Ma’rifat“ va ”Учитель Узбекистана” gazetalarining bosh muharriri H.Nishonov,“Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri F.Asadova,“Gulxan” jurnali bosh muharriri Z.Hasanova, “G‘uncha” jurnali bosh muharriri D.Shamalipova, “Класс” gazetasi bosh muharriri Sh.Shosaidova, shuningdek, “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” jurnali muharriri E.Egamqulov,“Boshlang‘ich ta’lim“ jurnali muharriri G‘.Egamberdievlar so’zga chiqib viloyatdagi ta’lim tizimi xodimlarining matbuot nashrlarining faoliyatida faol ishtirok yetayotganliklarini alohida qayd qilib, ishtirokchilarning savollariga javob berdilar. Uchrashuv yakunida ijodkor o‘qituvchi va o‘quvchilar faxriy yorliqlar va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
M.Q.Oripova, “lg‘or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar bo‘limi” boshlig’i