Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini  qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktorining 2019 yil 4 sentabrdagi 088-2 sonli buyrug‘iga asosan ta’limda  raqobatbardosh bo‘la oladigan maktab o‘qituvchisining  bugungi  davr talablari asosida  o‘z faoliyatidagi nazariy va amaliy bilimlarini hayotga tadbiq etishi va uning mazmun-mohiyatini chuqur anglashi,  jamiyat taraqqiyoti va yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishida ustoz va murabbiylarning faoliyat samaradorligini, barkamol  shaxsni tarbiyalashdagi fidoyiligini yanada oshirish maqsadida “YANGI DAVR PEDAGOGI” ko‘rik-tanlovi II bosqichda o‘tkazildi.

        2019 yil 22 noyabr kuni  tadbirning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Malaka ishi mazmuni va taqdimoti” bo‘yicha jami 23 tinglovchi ishtirok etib,  11 ishtirokchi ikkinchi bosqichga tanlab olindi.

         26 noyabr kuni tadbirning ikkinchi bosqichi o’tkazilib, unda  “Mening innovatsion g‘oyam“ mavzusida tayyorlagan ishlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 5 daqiqa davomida tinglovchilar o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bunda g‘oyaning nomlanishi, maqsad va vazifasi, amalga oshirish maxanizmi, erishiladigan natijasi e’tiborga olindi. Ushbu shart 5 ballik tizim asosida baholandi. Tanlov yakunida hay’at a’zolari tomonidan har bir qatnashchi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Hayat raisi B.Ya.Axmedov so‘zga chiqib, ishtirokchilarning umumiy to‘plagan ballarini e’lon qildi. 1-2-3 o‘rinni olgan  g‘oliblar markazning I-II-III-darajali diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“YANGI DAVR PEDAGOGI” ko‘rik-tanlovning umumiy  natijalariga ko‘ra quyidagi tinglovchilar g‘olib bo‘ldi:

                  Ismi sharifi

               Kursi

O‘rni

1

Madatov Aminjon Ismoilovich

Tarix o‘qituvchilari

I

2

Abdullaeva Gulshod Nozimovna

Ingliz tili o‘qituvchilari

     I

3

Muhiddinova Faxriniso Jaloliddinovna

Boshlang‘ich talim o‘qituvchilari

II

4

Maxmudova Gulshoda Rustamovna

Ingliz tili o‘qituvchilari

II

5

G‘ulomova Nigora Hasanovna

Boshlang‘ich talim o‘qituvchilari

III

6

O‘ktamova Ma’mura Feruzovna

Kimyo o‘qituvchilari

III

7

Halimova Kamol Muhiddinovna

Boshlang‘ich talim o‘qituvchilari

III

Faol ishtirok etgan 4 ishtirokchilar esa markazning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Ismi sharifi

Kursi

1

Saidova Nargiza G‘ayratovna

   Ona tili va adabiyoti o‘qituvchilari

2

Nurmurodova Iroda Gadoevna

    Ona tili va adabiyoti o‘qituvchilari

3

Jo‘raev Usmon Normurodovich

    Matematika o‘qituvchilari

4

Imomova Gavhar Olimovna

    Ona tili va adabiyoti o‘qituvchilari

 

     Tadbir yakunida ishtirokchilar markazda tashkil etilgan “Innovatsion ta’lim”  nomli jurnal uchun foto suratga tushdilar. “YANGI DAVR PEDAGOGI”  xalq  ta’limi muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tafakkur sinovi ko‘rik-tanlovi o‘tkazilganligi haqida axborot markazning buxoromoi.uz.saytiga joylashtirildi.

                                         

M.Oripova, Ilg‘or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar bo‘limi