O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan "Yoshlar bilan ishlash uchun media va axborot savodxonligi" mavzusida ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi. Unda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi xodimlari, Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi o'qituvchilari hamda jurnalistika sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.
Treningning ikkinchi kuni Khaoot platformasi orqali birinchi kunda olingan bilimlar yuzasidan test sinovlari bilan boshlandi. So'ng o'smirlar portreti, ularning raqamli odatlari, qlever o'yini va "Media Sabak "online ta'lim resurlari bilan tanishildi. Treninglar davomida ushbu resurslarni qo'llash amaliyoti. "Egiluvchan chizg'ich" o'yini kabi mavzularga mos bo'lgan interfaol o'yinlar treningni yanada esda qolarni tarzda o'tishiga sabab bo'ldi.
Trening so'ngida ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.