2019-yilning 9 noyabrida Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida BuxDU “Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo‘limi boshlig‘i B.O‘rinov va “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi raisi D.Axmedovalar ishtirokida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini samarali amalga oshirish uchun innovatsion-korporativ hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, innovatsion loyihalarni yaratish va ularni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Ma’ruzachilar hududiy markaz o‘qituvchilari N.Kamolova, S.To‘raeva, N.Botirovalar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. Hududiy markaz “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, dotsent B.Ya.Axmedov, “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikalari” kafedrasi professori S.Baqoevlar mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori N.G‘.Dilova ma’ruzachilarga hududiy markaz jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirib, davra suhbatini yakunladi.
Ilg‘or tajriba va xalqaro
hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar
bo‘limi boshlig’i M.Q.Oripova