2018-yil 20-fevral  BuxDU huzuridagi  XTXQTUMOHMda barcha xalq ta’limi muassalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarning kasbiy faoliyat ko‘rsatkichlari portfolio talablari asosida hujjatlarini tayyorlash va uni tizimga joylashtirishda uslubiy amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish” bo‘limi  tashabbusi bilan “Pedagogning portfoliosi” mavzusida o‘quv-amaliy  seminar  tashkil etildi.

          Seminarda hududiy markaz direktori M.I. Daminov, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i  N.Jumaqulov, “Ilg‘or tajriba va   xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo‘limi boshlig’i M.Oripova, professor-o‘qituvchilardan Sh.Murodova, G.Muqimova hamda kurs tinglovchilari ishtirok etdi.

        O‘quv-amaliy seminarni hududiy markaz direktori M.I. Daminov kirish so‘zi bilan ochib, malaka oshirish kursi davomida tinglovchilar tomonidan xtxmom.bimm.uz saytiga o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil malaka oshirish shakllaridan oxirgi 5 yil davomida erishgan natijalari hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlagan o‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatlari aks etgan materiallarining elektron shaklini joylashtirib, kerakli ball to‘planishi lozimligi, portfolio ko‘rsatkichlari tinglovchilarning o‘z ustida mustaqil ishlash samaradorligini qayd etib boruvchi tizim sifatida attestatsiya komissiyasida tegishli xulosalar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilishini alohida qayd qilib o‘tdi.

      Seminarda “Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish” bo‘limi boshlig‘i  A.Xasanov malaka oshirish kurs tinglovchilarining portfoliolarini baholash   mezoni, portfolio necha bo‘limdan iborat ekanligi va qanday asosda baholanishi  to‘g‘risida, bo‘lim xodimi Y.Salimova esa, tinglovchilarning portfolio hujjatlarini elektron variantini tayyorlashdan oldingi amalga oshiriladigan ishlar haqida, malaka oshirishga kelgan vaqtda o‘zlari bilan qanday hujjatlar olib kelishlari, bu hujjatlar  nimalardan iborat ekanligi va  qanday shaklda bo‘lishi haqida slaydlar asosida  atroflicha ma’lumotlar berganligi o‘rinli bo‘ldi.

      “Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish” bo‘limi xodimi N.Hamidov

pf-xtxmom.bimm.uz saytidan foydalanish va portfoliolarni  saytga yuklash uchun tayyorlangan elektron  ma’lumotlar hajmining  qancha bo‘lishi va katta hajmdagi ma’lumotlarni kichraytirish usullari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berdi.

       Ishtirokchilar  uchta kichik guruhga ajratildi, guruh a’zolari pedagog portfoliosining  3 ta bo‘limi: o‘quv-metodik, ilmiy tadqiqot va tashkiliy metodik faoliyatlar  yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini taqdimot qildi. Bo‘limi boshlig‘i A.Xasanov guruhlar taqdimotini umumlashtirib, yakuniy xulosalar qildi va zaruriy ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

          Seminar yakunida mavzu bo‘yicha tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i  N.Jumaqulov, “Ilg‘or tajriba va   xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo‘limi boshlig’i M.Oripovalar javob berib, kelajakda pedagog portfoliosi uchun kerakli hujjatlar to‘plami yaratib borish kerakligini ta’kidladilar.

       O‘quv-amaliy seminar qizg‘in savol-javoblar  asosida o‘tdi, mavzu bo‘yicha  tayyorlangan taqdimotlarning elektron  variantlari ishtirokchilarga taqdim etildi.

 

 

Tayyorladi:                                                   BuxDU huzuridagi XTXQTMOHM “Ilg‘or tajriba va  

                                                                       xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo‘limi