MAVZU: “AMIR TEMURNI ANGLASH – O’ZLIGIMIZNI ANGLASH DEMAKDIR”
Mavluda Oripova-BVXTXQTUMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi
katta o’qituvchisi
Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini adolatparvarligini cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa Amir Temur siymosini eslashi kerak.
Islom Karimov
Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk shaxsdir. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini munosib o’ringa qo’yish imkonidan mahrum edi. Sobiq SSSR davrida Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’ularini yo’g’otish uni qaramlikka tobelikka ko’ndirish edi. Lekin, o’zbek xalqi o’z ajdodlarini o’z bahodirlarini unutmadi hamisha yuragida qalb to’ridi saqladi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi.
Istiqlolimizning har bir tadbiri va mustaqil davlatimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas bo’lib bormoqda. Mustaqillik davri tom ma'noda hazrati Temurning qayta tug'ilish davri bo'ldi. Amir Temurga munosabat, uning tarixiy xizmatini munosib baholash va izzatini o'rniga qo'yishda shaxsan Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning o'zi tashabbuskor bo'ldi.
Sohibqiron shaxsini ulug'lash uchun Birinchi Prezidentimiz butun imkoniyatini ishga soldi. Buning sababi nimada? Buni Birinchi Prezidentimiz I.Karimov quyidagicha izohlaydi:
Birinchidan, Amir Temur qadriyati mustamlakachilik yillarida ongu shaxrimizdan o'chirib tashlangan milliy tuyg'ularimizni qayta tiklash, millatni millat, davlatni davlat qilish uchun kerak.
Ma'lumotlarni yuklab olish: AMIR TEMURNI ANGLASH – O’ZLIGIMIZNI ANGLASH DEMAKDIR