O‘zbekistonda  parlament islohotlarining dastlabki bosqichi  va uning ahamiyati

  Alimova  Shaxlo –Buxoro VXTXQT va UMOI

“Ijtimoiy - iqtisodiy  fanlar”     kafedrasi   katta     o‘qituvchisi.

 

         O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari davomida milliy umuminsoniy qadriyatlar va boy tarixiy davlatchilik tajribalari asosida   o‘ziga xos rivojlanish yo‘li tanlab olindi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotida jahon davlatchiligining boy tajribasidan unumli foydalanilib   hokimiyatning bo‘linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimi shakllantirildi.

      Bizga ma’lumki, mamlakatimizda  Asosiy Qonunimiz talablari asosida  davlat hokimiyatining amalga oshirish tamoyillarida eng katta konstitutsiyaviy islohotlar 2002 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan referendum natijasida   amalga oshirildi.

  2000 yil 25 may kuni  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida Konstitutsiyamizning 83-moddasida belgilangan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirib: "Bizning jamiyatimiz tez sur’atlar bilan o‘zgarayapti. Odamlar ma’naviy ulg‘ayishi yo‘lida ildam qadam tashlayapti. Bu uzoqni ko‘zlagan siyosatimiz, ezgu maqsad yo‘lidagi intilishlarimiz natijasidir. Shuni yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayot o‘zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va manaviy ongi ulg‘ayishi bilan,  bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. 

Shu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman ya’ni, biz 2004 yilda bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib, tashkil etishimiz lozim. Bunda quyi palata – Oliy Majlis partiyalar vakillari va mustaqil deputatlardan saylanadi. Siyosiy partiyalar va aholi yig‘ilishlari unga o‘z vakillarini o‘tkazadi, ular parlamentda doimiy ravishda ishlaydi. Yuqori palata tarkibini viloyat, shahar va tumanlardan mahalliy kengashlarga saylangan deputatlarning vakillari tashkil etadi"1-  degan takliflari va Oliy Majlis palatalarining qay tartibda faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi asoslari deputatlarning muhokamasiga kiritildi.          Shundan so‘ng bu taklif yuzasidan, deputatlarning fikr va mulohazalari o‘rganib chiqilib, 2001 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq, yettinchi sessiyasida deputatlar bir ovozdan O‘zbekiston xalqining fikrini aniqlash maqsadida refendum  o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi, O‘zbekiston xalqi, Oliy Majlis faoliyatini takomillashtirishni bir ovozdan tasdiqladi3. O‘zbekiston parlamentida boshlangan ushbu islohot uzoqni ko‘zlab amalga oshirilganligi keyingi yillarda o‘z tasdig‘ini topdi.

 

Ma'lumotlarni yuklab olish: O‘zbekistonda  parlament islohotlarining dastlabki bosqichi  va uning ahamiyati