O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarni huquq va manfaatlarini  himoya qilish, ularni barkmol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi,  amaliy ishlar  yo‘lga qo‘yildi.

    Shu nuqtai nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda  “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” Buxoro viloyat XTXQTMOHM  Boshlang‘ich talim “A” guruh tinglovchilari bilan “Besh tashabbus – besh imkon, foydalanamiz har on” mavzusida intellektual shou o‘tkazildi.

Bunda tadbir ishtirokchilari 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha o‘z iste’dodlarini namoyish qildi. Tadbirni mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etishda guruh rahbari “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus talim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.S.Narziнeva jonbozlik ko‘rsatdi. Tadbir borasida o‘qituvchi-tinglovchilar o‘zining pedagogik, aktyorlik, sport va san’at sohasidagi mahoratlarini namoyish etishdi. Beshta guruh o’rtasida tashkil etilgan bellashuvda “Ziyo chashmasi” guruhi o’zining epchilligi, chaqqonligi, mahoratli ekanligi bilan g’olib bo’ldi. G‘olib jamoa a’zolari va faol ishtirok etgan o‘qituvchi-tinglovchilar estalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Bu kabi bellashuvlarning muntazam o‘tkazilishi pedagogda ijtimoiy hayotda bilimlarni to’g’ri qo’llay olish malakаsini shakllantiradi.

 

    

                                              M.S.Narziyeva, Maktabgacha, boshlang‘ich va

                                       maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi katta o‘qituvchisi