Boshlang’ich ta’lim o’qish darslari jarayonida pedagogik texnalogiyalardan  foydalanish bo’yicha markazning “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi katta  o’qituvchisi M.S.Narziyeva tomonidan 2019-yil 18-noyabr kuni  “O’qish darslarida badiiy asar ustida ishlash jarayonida pedagogik texnalogiyalardan samarali foydalanish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mahorat darsida  zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanish har bir fanda, jumladan o’qish fanida pedagogik texnologiyadan foydalanish nechog’lik ahamiyatga ega ekanligi, zamonaviy yondashuvlar, interfaol ta’lim vositasida mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish  sifatida oldindan o’quvchilarning ta’lim – tarbiya samaradorligini  ko’ra bilish to’g’risida, shuningdek o’qish fanida  qo’llanadigan interfaol  usullar va ular haqida  nazariy - amaliy tushunchalarning  afzalliklari to’g’risida zarur ko’rsatmalar berildi. Dars  davomida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy  qobilyatlarini rivojlantirishda o’yinga asoslangan zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni  qo’llash yaxshi  samara berishi  ko’rsatib o’tildi.

      Mahorat darsida markazning professor-o‘qituvchilari  hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.