2023 yil 8 noyabr kuni Milliy markazimizning ''Pedagogika va psixologiya'' kafedrasi professor óqituvchilari va Axborot resurs markazi  hamkorligida ''Hayot gózal,chunki unda men borman'' mavzusida seminar- trening ótkazildi.Tadbirda Umumta'lim maktablari psixologi huquqini berish bóyicha qayta tayyorlov kursi tinglovchisi Xalq ta'limi a'lochisi  Narzulloyeva Dilbar va maktab amaliyotchi psixologlar malaka oshirish tinglovchisi ''Óz kasbining fidoiysi'' kókrak nishoni sohibasi Bozorova Gulruxlar tomonidan psixologik  treninglar tashkil etildi.Kafedra katta óqituvchilariM.I.Bakayeva va M.M.Gadayevalar tomonidanzarururiy pedagogik va psixologik maslahatlar berildi.

Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi professor-o’qituvchilari safiga yana bir falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan pedagog qo’shildi.
Joriy yilning 24-mart kuni milliy markazning o’qituvchisi Navro’zova Muyassar G’aybullayevna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi kengash yig’ilishida “O’zbek folklori tilida tibbiy birliklarning etnolingvistik va lingvopoetik ifoda xususiyatlari” mavzusida 10.00.01- O’zbek tili yo’nalishi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Markaz jamoasi M.Navro’zovani falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Жорий йилнинг 13 январь куни Бухоро вилояти Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази ҳамда Сирдарё вилояти Педагогика маркази ҳамкорликда “Замонавий бошқарув ва ўқитиш усуллари” мавзусида навбатдаги вебинар ўтказилди.