Jahon tarixida oʻlmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda maʼlum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy estetik tafakkurining shakllanishida balki jahon adabiyotida, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida oʻringa ega. Mustaqillik Oʻzbekistonimizda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish, uning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targʻib qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

2024-yil 9-fevral kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bag‘ishlab "Bulbuldek zabonim – Hazrat Navoiy" nomi ostida nazm va navo kechasi tashkil etildi.

Tadbirni  “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri G.Muqimova ochib berdi va yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi L.Sh.Bozorova el suygan buyuk bobokalonimizning har bir yaratgan asari asrlar davomida jahonning noyob adabiy durdonasi ekanligini ta’kidladi. Milliy markaz ARM xodimlari tomonidan Alisher Navoiy asarlari ko’rgazma burchagi tayyorlandi.

Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaz ARMida, 2023-yil 17-noyabr kuni "Tillarni o‘qitish metodikasi" kafedrasi o‘qituvchilari L.Bozorova, G.Muqimova va kutubxona xodimlari Z.Javadova va Z. Fazilova hamda 13-18 noyabr kunlari tashkil etilgan ona tili va adabiyot o‘qituvchilari malaka oshirish kurs tinglovchilari bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 32-yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz–faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.