Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan rus tili va adabiyoti fanini o’qitish oyligi doirasida “Современные формы и методы оценивания достижений учащихся. Зарубежный опыт” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar ishida rus tili va adabiyoti malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali o’qituvchilar ishtirok etdilar. Kafedraning katta o’qituvchisi G.Y.Hamidova o’quvchilar bilimini baholash, muammolari, izlanishlar va yutuqlar to’g’risida ma’ruza qildi.
Seminar jarayonida maktab o’quvchilarini 2021-yilda o’tkaziladigan PISA, PIRLS, TIMSS sinovlariga tayyorlash masalalari keng muhokama qilindi. Bu masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlar inspeksiyasi Buxoro viloyat hududiy bo’limi boshlig’i F.F.Sattorov o’quvchilarni bilimini baholashda Xalqaro standartlardan foydalanish tartibi, uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ma’lumot berdi. malaka oshirish kursi tinglocvhilari Sh.Saidova, N.Bo’riyeva, O.Zaripova, S.Kuldjanovalar ushbu masala yuzasidan o’z tajribalari bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirdilar.
Seminar yakunida viloyat o’qituvchilariga Xalqaro baholash tizimlaridan foydalanish bo’yicha bir qator amaliy takliflar tavsiya etildi.
Kafedra mudiri: B.Axmedov