2019-yil 26-noyabr kuni BVXTXQTMOHM da “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili fani katta o’qituvchisi R.Ergasheva tomonidan ingliz tili an'anaviy malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida «DINIY BAGRIKENGLIK MANAVIYATNING ENG YUQORI CHOQQISI» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

         Tadbirda millatlararo bag’rikenglik, qardoshlikni tarannum etuvchi she’r va  qo’shiqlar, go’zal raqslar ijro etildi. Badiiy asarlardan sahna ko’rinishlari namoyish etildi. “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri B.Axmedov, R.A.Ergasheva, L.Bozorova, M.To’rayevalar ushbu masalaga o’z munosabatlarini bildirdilar.  Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda   yaxshi taassurot  qoldirdi.