2020-yil 16-sentyabr kuni Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi professor – o’qituvchilari tomonidan ona tili va adabiyot fani onlayn malaka oshirish kursi “A” va “B” guruhi tinglovchilari bilan “Ona tilini o’qitish: kecha, bugun va istiqbolda” mavzusida Zoom platformasi orqali seminar tashkil etildi.
Seminar “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri Bahodir Axmedovning “O’zbekistonda o’zbek tili va uning nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida”gi ma’ruzasi bilan boshlandi.
Ona tili va adabiyot “B” guruhi tinglovchisi Buxoro viloyati Shofirkon tumani Yuldosheva Tursunoy ona tilimizning rivoji, uning sharafi va qadrini yanada yuksaltirish borasidagi ma’ruzasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi. “O’zbek tili” bayrami kuni munosabati bilan esse va maqolalar tanlovi, joylarda “Davlat tili haqida”gi qonuning ijrosi hamda davlat tilida ish yuritish qo’llanmasi nashri yuzasidan muzokara olib borildi.
Buxoro viloyati Jondor tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi To’xtamisheva Saltanat tomonidan “PISA xalqaro baholash dasturida o’quvchilarning o’qish savodxonligini baholash” hamda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 61-IDUM ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Mavlonova Sarvinoz “Alisher Navoiy va Bobur” mavzusidagi ochiq darsi muhokama etildi.
Seminar jarayonida malaka oshirish kursi tinglovchilari ona tili fanini o’qitishga qo’yilgan zamonaviy talablar va muammolar yechimi to’g’risida o’zaro fikr almashdi.