Рейтинг:  0 / 5

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

        2020-yil 12-oktabr kuni Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish hududiy markazida onlayn platformasi orqali “Umumiy o’rta ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish masalalari” mavzusida on-line ilmiy-amaliy respublika konfersiyasi tashkil etildi.  Konferensiya hududiy markaz o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari R.V.Astanovning kirish so’zi bilan boshlandi.

Konferensiyada Respublika ta’lim markazi bo’lim boshlig’i Abdullayev Farrux o’zining “Summativ baholash – o’quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash va yaxshilashning omili”,  tarix fanlari nomzodi,dotsent Haydarov Yo’ldosh “PISA - xalqaro baholash dasturi O’zbekiston ta’lim tizimining jahon standartlariga moslashuv yo’li”, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xaqnazarov Xudoyberdi  “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish sifatini baholashning milliy standartlarini yaratish – zamon talabi”, pedagogika fanlari nomzodi dotsent Qosimov Ubaydullo “Types of dominant perception of pupils with taking into account learning methods”, hududiy markaz “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi To’rayeva Sanobar “TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida o’quvchilarning matematik savodxonligini baholash”, “Tillarni o’qitish metosikasi” kafedrasi o’qituvchisi Bozorova Lobar “PISA – o’quvchilarning barcha qobiliyatlarini namoyon etuvchi xalqaro dastur”, “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi Aslonova Nozima “Boshlang’ich ta’limda xalqaro baholash dasturining o’rni (PIRLS misolida)”.  Konferensiya davomida xalq ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim markaziga baholash tizimini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritildi.