2020-yil 15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga bag‘ishlab   Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi  “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari  tomonidan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida ZOOM  platformasi orqali onlayn davra suhbati tashkil etildi.

     Tadbirda Buxoro davlat universiseti O‘zbek filologiyasi fakulteti professor o‘qituvchlari hamda viloyat  umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi. Davra suhbati hududiy markaz ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, dotsent Gulnoz Hamidovnaning kirish so‘zi bilan boshlandi. BuxDU professori  Shoira Axmedova “O‘zbek tilini rivojlantirish muammolari”,  Shofirkon tumani 4-umumta’lim maktabi oliy toifali o‘qituvchisi Tursunoy  Yo‘ldosheva “Ona tili – millatning ruhi”, hududiy markaz o‘qituvchisi Lobar Bozorova “Til - millat qadri, xalq taqdiri”, BuxDU dotsenti Bayramali Qilichev “Ona tili – millatning tiriklik timsoli” kabi mavzular bilan chiqish qildilar. Suhbat jarayonida ona tilimizning dunyo va respublikamiz miqyosidagi nufuzini oshirish, tilimizning sofligiga soya solayotgan ayrim muammolar, davlat tili  fanini o‘qitishga bo‘lgan e’tibor, yangicha yondashuv masalalari keng muhokama etildi. Davra suhbati yakunida “O`zbek tili bayrami kuni” videoroligi namoyish etildi.