“Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi rejasiga asosan katta o’qituvchi G.Hamidova “Обучение в интерактивном режиме малых групп. Технология oбучение в сотрудничестве» mavzusida rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan ochiq o’quv mashg’uloti o’tkazdi.
Mashg’ulotda Buxoro davlat universiteti “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari, Buxoro shahri umumiy o’rta ta’lim muassasalari rus tili o’qituvchilari va malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdilar. Mashg’ulot davomida tinglovchilarga “Hamkorlikda ishlash”, “Fantazyor”, “Turnalar” usullaridan foydalanish yo’llari, o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish usullari amaliy tarzda namoyish etildi.
Tinglovchilar guruhlarga bo’linib, turli xil ijodiy topshiriqlarni bajardilar. Mashg’ulot davomida tinglovchilar va kuzatuvchilar faol ishtirok etishdi. O’quv jarayoni yuqori saviyada tashkil etildi va ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
Kafedra mudiri: B.Axmedov