Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi  “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi M.Z.To’rayeva BuxDU “Ingliz adabiyoti” kafedrasi hamda Buxoro shahridagi 23-sonli umumta’lim maktabining ingliz tili o’qituvchilari bilan hamkorlikda “Ingliz tilini bolalarga qo’shiqlar orqali o’rgatish”  mavzusida seminar-trening tashkil etdi.

 

       Seminar ishtirokchilari maktabning ingliz tili o’qituvchilari tomonidan o’tkazilgan o’quv mashg’ulotlarini kuzatdilar. Kunning ikkinchi yarmida seminar-trening mavzusi bo’yicha o’zaro fikr almashdilar. Seminar davomida boshlang’ich sinf o’quvchilarini ingliz tiliga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari, mashg’ulotlarda ingliz qo’shiqlaridan foydalanib, o’quvchilarni xorijiy til o’rganishlarida  qiziqishlarini orttirish masalalari muhokama etildi va bir qator amaliy tavsiyalar berildi.

 

Kafedra mudiri:                                      B.Axmedov