“Современные лингводидактические инновации в преподавании русского языка” mavzusida seminar-trening
Joriy yilning 17-noyabr kuni Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida bir guruh Rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida rossiyalik mutaxassislar pedagogika fanlari doktori, professor Xamrayeva Yelizavetta Aleksandrovna, pedagogika fanlari nomzodi dotsent Shorina Tatyana Aleksandrovnalar Pedagogik markazda o‘zlarining malakalarini oshirayotgan rus tili guruhi tinglovchilari bilan uchrashib, “Современные лингводидактические инновации в преподавании русского языка” mavzusida seminar-trening tashkil etdilar.
''Hayot gózal,chunki unda men borman'' mavzusida seminar- trening
2023 yil 8 noyabr kuni Milliy markazimizning ''Pedagogika va psixologiya'' kafedrasi professor óqituvchilari va Axborot resurs markazi hamkorligida ''Hayot gózal,chunki unda men borman'' mavzusida seminar- trening ótkazildi.Tadbirda Umumta'lim maktablari psixologi huquqini berish bóyicha qayta tayyorlov kursi tinglovchisi Xalq ta'limi a'lochisi Narzulloyeva Dilbar va maktab amaliyotchi psixologlar malaka oshirish tinglovchisi ''Óz kasbining fidoiysi'' kókrak nishoni sohibasi Bozorova Gulruxlar tomonidan psixologik treninglar tashkil etildi.Kafedra katta óqituvchilariM.I.Bakayeva va M.M.Gadayevalar tomonidanzarururiy pedagogik va psixologik maslahatlar berildi.
“Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan ishchi ximatchi xodimlar o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o‘tkazildi.
2023-yil 26-oktabr kuni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan markazda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning jismoniy tarbiya hamda ommaviy turlariga qiziqishini kuchaytirish, hamda 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan ishchi ximatchi xodimlar o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o‘tkazildi.