“BOSHLANGʻICH SINFLARDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIKASI”
BUXORO VILOYAT PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI METODIK XIZMAT BO‘LIMI BOSHLANG’ICH TA’LIM METOTISTLARI VA O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN
“BOSHLANGʻICH SINFLARDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIKASI” MAVZUSIDA TRENINGLAR O‘TKAZILMOQDA
Mazkur treninglar kaskad usulida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.
O‘quv treninglar jarayonida ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha har bir fan kesimida kasbiy rivojlanish darslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun: seminarlarda viloyatimiz bo‘ylab 600 nafarga yaqin pedagoglar jalb etilgan.
«Непрерывное развитие профессиональных навыков учителей русского языка национальных общеобразовательных школ Узбекистана»
2023-yil 19-24-iyun kunlari O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Rossiya Maorif vazirligi bilan hamkorlikda “Zo’r!” (“Класс”) loyihasini amalga oshirish maqsadida Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilari uchun «Непрерывное развитие профессиональных навыков учителей русского языка национальных общеобразовательных школ Узбекистана» mavzusida maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
“Didaktik metodlar va interfaol usullar” mavzusida seminar-trening
2023-yil 8-iyun kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi bilan Buxoro davlat universiteti fransuz filologiyasi kafedrasi o’rtasida tuzilgan o’zaro hamkorlik shartnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda volontyor sifatida faoliyat yuritayotgan Kanada universiteti professori Vinsent Gelinas hamda vetnamlik fransuz tili eksperti Para Lyo fransuz tili o’qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari bilan “Didaktik metodlar va interfaol usullar” mavzusida seminar-trening o’tkazdilar.