“Языковая картина мира и формирование образовательного языкового сознания”
2023-yil 5-iyun kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti huzuridagi Rus tili universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi asosida institutning professori Sinyachkin Vladimir Pavlovich va Sapojnikov Pavel Valeryevich rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilari malaka oshirish kursida “Языковая картина мира и формирование образовательного языкового сознания” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordilar. Mashg’ulotlar davomida ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchi va o’quvchining roli, o’quvchilarda badiiy tasavvurni shakllantirish yo’llari, ikkinchi tilga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari, milliy madaniyatni shakllantirish usullari har tomonlama muhokama qilindi. Mashg’ulot tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otdi va munozaralarga boy bo’ldi. O’quv mashg’ulotlari hafta oxirigacha tashkil etiladi.
“Oʻzbekiston- Tojikiston davlatlari o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik tarixi va istiqbollari”
2023-yil 24-may kuni “Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi a’zolari Tojikiston davlat moliya-iqtisod universiteti professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda “O‘quvchi -yoshlarga iqtisodiy bilimlarni o‘rgatishning dolzarb masalalari: tajriba va istiqbol” mavzusida o‘quv- seminarini o‘tkazdilar.
“Referendum – yorqin kelajak garovi”
2023-yilning 27-aprel kuni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi Maktabgacha ta’lim tashkiloti 3-4 guruhlari tinglovchilari ishtirokida 30-aprelda Respublikamizda o’tkazilishi rejalashtirilayotgan Referendum targ’iboti yuzasidan “Referendum – yorqin kelajak garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.