ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARGA BAG’ISHLANGAN OCHIQ O’QUV MASHG’ULOTI
“Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi rejasiga asosan katta o’qituvchi G.Hamidova “Обучение в интерактивном режиме малых групп. Технология oбучение в сотрудничестве» mavzusida rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan ochiq o’quv mashg’uloti o’tkazdi.
O‘QISHDAGI QIYINCHILIKLARNI BARTARAF ETISHDA NEYROPSIXOLOGIK YONDASHUV
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘zlashtirmovchilikni oldini olish, ularni fanlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida markazning maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi va viloyatning “Kids`Land” nodavlat ta’lim markazi psixologi M.S.Sharipov bilan birgalikda 2019-yil 20-noyabr kuni soat 1000da “O‘qishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda neyropsixologik yondashuv” mavzusida viloyat miqyosida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda markazning professor-o‘qituvchilari, viloyatning boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari, tuman metodistlari, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.
Boshlang’ich ta’lim o’qish darslarida pedagogik texnalogiyalardan samarali foydalanish
Boshlang’ich ta’lim o’qish darslari jarayonida pedagogik texnalogiyalardan foydalanish bo’yicha markazning “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi katta o’qituvchisi M.S.Narziyeva tomonidan 2019-yil 18-noyabr kuni “O’qish darslarida badiiy asar ustida ishlash jarayonida pedagogik texnalogiyalardan samarali foydalanish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.