MAKTAB O‘QITUVCHILARINI DIAGNOSTIKADAN O‘TKAZISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISH
Joriy yilning 29-noyabr kuni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 28- avgust kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 28-sonli bayoni hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 14 - noyabrdagi 540-sonli buyrugʻining mazmun mohiyatini shuningdek "Uzluksiz kasbiy taʼlim" elektron platformasi imkoniyatlarini Pedagogik markaz professsor o‘qituvchilariga va shu orqali malaka oshirish kurslariga jalb etilgan fan o‘qituvchilariga yetkazish maqsadida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
BUXORO VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI HAMDA ACHARYA UNIVERSITETI O‘RTASIDAGI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HAMKORLIK ALOQALARI
O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-sentyabrdagi 28-bayonning 23.2.-bandida xorijiy mutaxassilarni jalb qilish va ularga shart-sharoitlar yaratish vazifasi topshirilgan. Yuqoridagilargi inobatga olib, Buxoro viloyati hokimi Zaripov Botir Komilovichning tashabbuslari va ko‘rsatmalari bilan joriy yilning 28 noyabr kuni Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori A.Safarov hamda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i F.Qurbonovlar boshchiligida bir guruh rahbar va mas’ullar Qorako‘l tumanidagi Hindiston davlatining Acharya universitetiga tashrif buyurishdi.
“Bayrog‘imiz–faxrimiz, g‘ururimiz!”
Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaz ARMida, 2023-yil 17-noyabr kuni "Tillarni o‘qitish metodikasi" kafedrasi o‘qituvchilari L.Bozorova, G.Muqimova va kutubxona xodimlari Z.Javadova va Z. Fazilova hamda 13-18 noyabr kunlari tashkil etilgan ona tili va adabiyot o‘qituvchilari malaka oshirish kurs tinglovchilari bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 32-yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz–faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.