O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 202-sonli buyrug’i asosida Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida masofaviy o’qitish orqali malaka oshirish tashkil qilindi.

     Masofaviy ta’lim Moodle dasturi yordamida amalga oshiriladi. Moodle – bu o’qituvchilar onlayn kurslarni tashkil qilishlari uchun  yaratilgan dastur(Contend Manager System-CMS)dir. Bunday e-learning sistemalarni ko’pincha “ta’limni boshqarish sistemalari” yoki “virtual ta’lim muhiti” deb atashadi.

      2013 yilda Moodle tizimining yangi 2.4 versiyasi serverga o’rnatilib, takomillashtirilgan masofadan o’qitish kurslari materiallarini www.avloniymtk.uz sahifasiga joylashtirilishi amalga oshirildi.

     Fizika fanidan dars beruvchi o’qituvchilar manashu Moodle dasturidan foydalangan holda masofaviy ta’lim olishadi. Ushbu dastur qulayligi va egiluvchanligi bilan ajralib turadi.

     2010 yil informatika fanidan masofaviy malaka oshirgan Soliyeva Gulchehra Sharopovna masofaviy ta’lim haqida shunday deydi: