2018 yil 9-fevral kuni  BuxDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining ARMda buyuk davlat arbobi, mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan “She’riyat mulkining sultoni” deb nomlangan davra suhbati Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari bilan  hamkorlikda o‘tkazildi. Davra suhbatida Alisher Navoiyning 577 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil qilinib, unda shoirning asarlari, g‘azallari, 10 jildli to‘la asarlar to‘plami, qomusiy lug‘atlari, Alisher Navoiyning sharqona mo‘jaz  suratlari, tavsiya ro‘yxati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylari o‘rin oldi.


       “She’riyat mulkining sultoni” deb nomlangan davra suhbatini ARM kutubxonasi   rahbari   Z.Djavadova  olib bordi. Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari direktori Q.Tursunov kirish so‘zi bilan ochib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning dunyo adabiyoti tarixiga qo‘shgan  buyuk hissasi  to‘g‘risida  batafsil to‘xtalib o‘tdi.

         Shuningdek, Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarining o‘quv-metodik va tashkiliy masalalar bo‘limi boshlig‘i D.Sharipov, “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi G.Muqimova, yotoqxona komendanti Q.Safarov, kurs tinglovchilaridan S.Abbosova, M.G‘anieva, M.Po‘lotovalar so‘zga chiqib, bobokalonimiz Alisher Navoiyning yozgan asarlari, bugungi kunda Navoiy asarlari qanchalik katta  ahamiyatga ega ekanligi haqida, uning asarlari jahon  kutubxonalari   javonlarida  eng yuksak darajada joy egallab o‘zbek xalqini o‘zining asarlari orqali  dunyoga tanitganligi  to‘g‘risida to‘xtalib o‘tib, uning g‘azallaridan parchalar o‘qib berdilar.

         “She’riyat mulkining sultoni” davra suhbati ishtirokchilarda   katta taassurot  qoldirdi.     

 

     Tayyorladi:                                         Bux DU huzuridagi XTXQTUMOHM “Ilg‘or tajriba va  
                                                                 xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo‘limi