Joriy yilning 22-may kuni Qirg’iziston delegatsiyasi vakillari Buxoro malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tajribasi bilan yaqindan tanishdi. Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi huzuridagi Respublika professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, direktor Toktomametov Almazbek Datkabekovich hamda Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi direktori A.Safarov bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Uchrashuvda milliy markaz direktori A.Safarov mehmonlarga malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi haqida batafsil ma'lumot berdi. Taʼlim turizimini rivojlantirish boʻyicha oʻzaro kelishib olindi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan tajriba almashish va Menejerlik o’quv kurslari faoliyati bo’yicha taqdimot qilindi.