Tojikiston Moliya iqtisodiyot instituti professor-o’qituvchilari 2024-yil 24-may kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Tojikiston Moliya iqtisodiyot instituti professor-o’qituvchilari markaz Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari, Pedagogika va psixologiya ta’lim texnologiyalari, Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan suhbat uyushtirdi va suhbat davomida maktabgacha ta’lim tarbiyachilari uchun ajratilgan mashg’ulot xonasidagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Mehmonlar Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining o’quv mashg’ulotlarini kuzatib, dars jarayoni, markazda yaratilgan qulayliklar ularda katta taassurot qoldirdi. Taʼlim sifatini oshirishga, oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirishga va pedagogik sohada ilgʼor tajribalarni almashish uchun ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.