Buxoro viloyati PYMO'MM 1947 yilda tashkil tashkil topgan. O`shanda bir necha aniq va tabiiy fanlardagina o`qituvchilar malakasini oshirish imkoni bo`lgan. Dastlab institutning alohida binosi va moddiy-texnikaka bazasi bo`lmagan. Ishga ko`ra institut faoliyatini Buxoro shahridagi turli muassasa binolarini davom etirdi. Dastlab viloyat Xalq Ta’limi bo`limi huzurida faoliyat ko`rsatgan 60 yillar boshida Labi Hovuz bo`yidagi eski savdo idorasi binosida joylashgan edi. 1964 yilda Buxoro viloyat ijroiya qo`mitasi qarori bilan institutga Chorminor yodgorligi oldidagi shahar yo`l-ta’mirlash boshqarmasining binosi bo`shatib berilgan. Shu yillarda institutda 19 nafar xodim ishlagan.
Institut 70-yillardan boshlab o`z mustaqil o`quv binosiga ega bo`ldi: K.Marks (Hozirgi Afrosiyob) nomli Ark shimolidagi ko`chasi 8-uy -Sobiq “Bolalar uyi” binosi institutga bo`shatib berildi. Institut bu binoda 20 yil faoliyat ko`rsatdi.
Institut 1988 yildan boshlab, zamonaviy talablarga har jihatdan javob beradigan, mustahkam moddiy bazaga, qulay o`quv korpusiga va pedagoglar sog`lig`ini muhofaza qiluvchi Sihatgohga ega bo`lgan. Shaharning 5- kichik tumanida qurilgan ushbu yangi binoga ko`chdi.
Mustaqillik yillarida institut yetuk kadrlar-tajribali o`qituvchilar fan nomzodlari, doktorlari, oliy professorlardan iborat bo`lgan pedagoglar bilan to`liq ta’minlandi. Institutning BDU, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya institut, Respublika pedagoglari malakasini oshirish Markaziy instituti, viloyatlar MOI lari bilan aloqasi kuchaydi.
“Ta’lim to`g`risida”gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» (1997 yil) qabul qilingach, o`qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarining sifat hamda samaradorligi yanada oshdi. Institutning nomlanishi, strukturaviy tarkibida tub o`zgarishlar bo`ldi. Ilgarigi fan kabinetlari o`rniga kafedra va bo`limlar tuzildi. Hozirgi vaqtda institut tarkibi 5 ta kafedra, 4 ta bo`lim va 2 ta markazlardan iborat bo`lim, 75 nafar pedagog xodim mehnal qilmoqda. Har yili 6700 nafargacba pedagog turli toifadagi kurslarda o`qib, malakasini oshirish va qayta tayyorlovdan o`tish imkoniyatiga ega.
1947-2017 yillarda Buxoro viloyati XTXQTMOHMga rahbarlik qilganlar.
Institut 1947 yilda «O`qituvchilar malakasini oshirish instituti» («O`MOI») nomi bilan tashkil topgan. Shundan so`ng uning nomi bir necha marta o`zgardi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 49-sonli qaroriga binoan O`zbekistondagi barcha pedagoglar malaka oshirish institutlari qatori, jumladan, “Buxoro viloyat pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” (VPXQT va MOI) deb yuritila boshladi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 146-sonli qaroriga asosan "Buxoro viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish hududiy markazi” (Buxoro viloyat XTXQTMOHM) deb yuritila boshladi.
1947-2018 yillarda Buxoro viloyati XTXQTMOHM ga quyidagilar rahbarlik qilganlar:
1. 1947 yil – Ulug` Hamidov (1920-1987 yil)
2. 1948 yil mart – 1949 yil noyabr – Bo`riboy Mirxonov (1911-1976 yil)
3. 1949 yil noyabr – 1950 yil may – M.Yusupov
4. 1950 yil may – 1953 yil dekabr – Muzaffar Saidov (1912- 1979 yil)
5. 1953 yil dekabr – 1954 yil oktabr – M.Yusupov
6. 1954-1962 yillar – Mahmud Qodirov (1910-1990 yil)
7. 1962-1975 yillar – Sharof Soliyev (1931-2003 yil)
8. 1975-1981 yillar – InoyatAsadov (1936-1987 yil)
9. 1981-1996 yillar – Sharof Soliyev (1931-2003 yillar)
10. 1997-1998 yillar –Yo`ldosh Asadov (1960 yilda tug`ilgan )
11. 1998-2001 yillar – Sa’dulla Og`ayev (1957 yilda tug’ilgan)
12. 2001-2017 yillar - Amrillo Safarov (1960 yilda tug`ilgan)
13. 2017-2018 yillar - Mirzoxid Daminov (1973 yilda tug`ilgan)
14. 2018-2019 yillar - Olima Nurova (1969 yilda tug`ilgan)
15. 2019-2020 yillar - Dilova Nargiza (1974 yilda tug`ilgan)
16. 2020-2020 yil - Astanov Rustam (1956 yilda tug`ilgan)
17. 2020-2020 yil - Negmatova Gulnoz (1969 yilda tug`ilgan)
18. 2020 yil 27 avgust boshlab markazga Amrillo Safarov rahbarlik qilib kelmoqda.