Joriy yilning 14-may kuni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri R. V.Astanov tomonidan PISA xalqaro baholash dasturi boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi. Seminarda barcha professor-oʻqituvchilar hamda Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi.Oʻquv seminarda PISA xalqaro baholash dasturi maqsadi, vazifalari haqida toʻliq maʼlumot berildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.