O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining 2018-yil  17-fevraldagi №87-02-283-sonli xatining ijrosini ta’minlash  maqsadida BuxDU huzuridagi xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish  hududiy markazida 2018-yil 12-mart kuni taniqli pedagog Oqilxon Sharafiddinovning 120 yilligini  nishonlash munosabati bilan “Boshlang’ich ta’lim fidoyisi”  mavzusida  madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Tadbirda BuxDU professori T.Choriyev, dotsentlar S.Avezov, F.Qosimov, “Maktabgacha,  boshlang‘ich va maxsus  ta’lim  metodikalari”  kafedrasi  professor-o‘qituvchilari, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari malakasini oshirish kursi tinglovchilari ishtirok  etdi.

 Tadbirni BuxDU professori T.Choriyev kirish so‘zi bilan ochib, tajribali va izlanuvchan ustoz, butun umrini yosh avlod ta’limiga bag’ishlagan Oqilxon Sharafiddinovning boshlang‘ich ta’lim tizimida, uni rivojlantirishda  o‘z o‘rniga ega ustoz ekanligini ta’kidlab, uning ibratli hayoti va fidokorona  mehnati yo‘llarini tinglovchilar hamda soha mutaxassislari o‘rtasida keng targ‘ib etdi. Ustozni yoshlarga  o‘rnak  sifatida ko‘rsatish  borasida  xalq   ta’limi tizimida bir qator xayrli ishlar amalga  oshirilayotganligini  e’tirof  etib  o‘tdi.

  Markaz o‘qituvchisi M.Gadoeva o‘zining ma’ruza-taqdimotida Oqilxon Sharafiddinovning ibratli hayoti va fidokorona mehnat yo’li, uning O’zbekiston ta’lim sohasini rivojlantirishga va yoshlar ta’lim-tarbiyasiga samarali hissa qo’shganligi uchun hukumatimizning yuksak unvonlariga sazovor bo‘lganligi  xususida  fikr -mulohazalarini  bildirib o‘tdi .

  Oqilxon Sharafiddinovning ijodidan namunalar, yaratgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ta’lim mazmunining ifodalanishi xususida  fikr yuritgan tinglovchilar ustozning pedagogik faoliyati, 1929-1930 yillarda yozgan  “Bilim va mehnat”, ”Mehnat bolalari” kabi kitoblarining mazmun-mohiyati hamda pedagogik ahamiyatini ochib berishdi.

 Kafedra mudiri, dotsent B.Mustafoev o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirning ahamiyati, o‘zbek pedagogikasi tarixining yorqin namoyondasi Oqilxon Sharafiddinovning hayoti va faoliyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ibrat sifatida qabul  qilinishi  lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

         Tayyorladi:                            BuxDU huzuridagi XTXQTUMOHM “Ilg‘or tajriba

                                                        va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar bo‘limi