Халқаро хамкорлик
Шодмон Ҳусейнзода Воҳидовнинг Бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш ҳудудий маркази директори т.ф.н, доцент Олима Умаровна Нурова билан ҳамкорлик учрашуви.
Maktabda ko’chma mashg’ulot
BuxDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Milliy istiqlol g’oyasi» malaka toifasi tinglovchilari joriy yilning 24-oktabrida Buxoro shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Abdullaeva rahbarligida ko’chma amaliy mashg’ulotni o’tkazdilar. Maktabda o‘tkazilayotgan «ona tili va adabiyoti» fan oyligi bo‘yicha ochiq darslar va tadbirlarni ham kuzatib tahlil qildilar.
“Kids` English 1-4” darsligining hammuallifi M.Ogay bilan uchrashuv
2018 yil 26-oktabr kuni BuxDU huzuridagi XTXQTMO hududiy markazida respublika umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinflarida “Kids` English 1-4” darsligining hammuallifi M.Ogay ishtirokida “Ingliz tili o’qituvchilari” kursi tinglovchilari bilan uchrashuv hamda seminar-trening o`tkazildi. Seminarda markazning “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi R.Ergasheva, kafedra o`qituvchilari A.Ziyodullayev, M.To`rayeva, K.Fatullayeva, S.Vohidovalar ishtirok etishdi.