BOSHLANG‘ICH TA’LIM FIDOYISI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 17-fevraldagi №87-02-283-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida BuxDU huzuridagi xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2018-yil 12-mart kuni taniqli pedagog Oqilxon Sharafiddinovning 120 yilligini nishonlash munosabati bilan “Boshlang’ich ta’lim fidoyisi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Borliqni bo`ston aylagan shoirlar” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir
2018-yil 14-fevral kuni BuxDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining faolllar zalida ona tili va adabiyoti fani malaka oshirish kursi tinglovchilari tomonidan buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga bag’ishlangan “Borliqni bo`ston aylagan shoirlar” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi.
“She’riyat mulkining sultoni” mavzusida davra suhbati
2018 yil 9-fevral kuni BuxDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining ARMda buyuk davlat arbobi, mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan “She’riyat mulkining sultoni” deb nomlangan davra suhbati Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Davra suhbatida Alisher Navoiyning 577 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil qilinib, unda shoirning asarlari, g‘azallari, 10 jildli to‘la asarlar to‘plami, qomusiy lug‘atlari, Alisher Navoiyning sharqona mo‘jaz suratlari, tavsiya ro‘yxati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylari o‘rin oldi.