“Pedagogning portfoliosi”mavzusida o‘quv-amaliy seminar
2018-yil 20-fevral BuxDU huzuridagi XTXQTUMOHMda barcha xalq ta’limi muassalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarning kasbiy faoliyat ko‘rsatkichlari portfolio talablari asosida hujjatlarini tayyorlash va uni tizimga joylashtirishda uslubiy amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish” bo‘limi tashabbusi bilan “Pedagogning portfoliosi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda hududiy markaz direktori M.I. Daminov, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N.Jumaqulov, “Ilg‘or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo‘limi boshlig’i M.Oripova, professor-o‘qituvchilardan Sh.Murodova, G.Muqimova hamda kurs tinglovchilari ishtirok etdi.
Viloyat prokuratura xodimlari ishtirokida ta’magirlik va poraxo‘rlikka qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbir
BuxDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2018 yil 26 yanvarda viloyat prokuratura xodimlari ishtirokida ta’magirlik va poraxo‘rlikka qarshi kurash bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Profilaktik tadbirda Buxoro viloyat prokurorining voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha yordamchisi, adliya katta maslahatchisi M.Raxmonov, 77 nafar markaz professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.
Pedagoglarning malaka oshirish kursidan keyingi faoliyatini tashkil etish dasturi
“Pedagoglarning malaka oshirish kursidan keyingi faoliyatini tashkil etish dasturi”
Mazkur “Pedagoglarning malaka oshirish kursidan keyingi faoliyatini tashkil etish dasturi” VXTXQTUMOI Ilmiy kengashining 2016 yil 29 avgustdagi -sonli yig‘ilish qarori bilan o‘qituvchilar faoliyatida qo‘llash uchun tavsiya etilgan.