«Лингвокультурология и коммуникативная реальность XXI века: новые вызовы – новое осмысление» xalqaro lingvistik forum
Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Rus tili va adabiyoti instituti bilan hamkorlik Memorandumi ijrosini ta’minlash maqsadida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Hamidova 2023-yil, 19-20-oktyabr kunlari Moskva shahrida tashkil etilgan «Лингвокультурология и коммуникативная реальность XXI века: новые вызовы – новое осмысление» xalqaro lingvistik forumda ishtirok etdi.
"Qoshgʻariydan meros ona tilim jilosi"
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor - o‘qituvchilari, ARM xodimlari hamda 16-21 -oktabr kunlari tashkil etilgan ona tili va adabiyot o‘qituvchilari malaka oshirish kurs tinglovchilari bilan hamkorlikda 2023-yil 21-oktabr kuni "Qoshgʻariydan meros ona tilim jilosi" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
"Qadring baland bo'lsin- ona tilim"
Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir.Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan bugun 20-oktabr kuni Buxoro viloyati PYMO‘MM Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasida Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari 1-guruh tinglovchilari ishtirokida "Qadring baland bo'lsin- ona tilim" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.