"Boshlang'ich ta'lim mazmunini takomillashtirish:o'quv dasturi-o'qituvchi - baholash"
⚡️BuxDUda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini boshladi. Ayni paytda BuxDU Sport faoliyati va pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi tomonidan "Boshlang'ich ta'lim mazmunini takomillashtirish:o'quv dasturi-o'qituvchi - baholash" mavzusida Kazan Federal universiteti, Kastamonu universiteti (Turkiya), Ege universiteti (Turkiya), Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy universiteti, M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda Xalqaro ilmiy - amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda.
YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI" KO‘RIK-TANLOVINING I BOSQICH GʻOLIBLARI ANIQLANDI
Ona tili va o‘zbek tili fanlari o‘qituvchilarining innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ish tajribalarini ommalashtirish, tilni milliy qadriyat sifatida asrab-avaylashga befarq bo‘lmaslikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining Buxoro shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchi o‘qituvchilarning video taqdimotlari nizom talablari asosida baholanib, g‘oliblar aniqlandi.Natijalarga ko‘ra, "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining Buxoro shahar bosqichida o‘zbek tili fanidan 1-o‘rinni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi metodik xizmat ko'rsatish bo'limi o‘zbek tili fani metodisti, 13-umumtalim maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi Daniyarova Sarvinoz qo‘lga kiritdi.
“Rus tilini chet tili sifatida o’qitishda zamonaviy yondashuvlar”
Joriy yilning 19 - sentyabr kuni “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi hamda Buxoro davlat universiteti “Rus tilshunosligi” kafedrasi hamkorlik shartnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Kazan davlat federal universiteti Filologiya instituti “Rus tili o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori professor Gabdreyeva Natalya Viktorovna va dotsent Troshkina Tatyana Petrovna rus tili va adabiyoti malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Rus tilini chet tili sifatida o’qitishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida o’quv mashg’uloti o’tkazdilar. Mashg’ulot jarayonida tinglovchilarga rus tili fani bo’yicha O’zbekistonda yaratilgan yangi darsliklar bilan ishlashning xususiyatlari, o’quvchilarda nutqiy faoliyatni shakllantirish yo’llari hamda Rossiyada to’plangan tajribalar bilan fikr almashildi.