“Ta’lim yetakchiligini rivojlantirish”
Maktab va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 19-mart sanasidagi 06-36-210-sonli xatiga asosan yosh avlodni tarbiyalash va oʻqitish borasidagi dasturini amalga oshirish, ishtirokchilarni ELDP dasturi bilan tanishtirish uchun axborot taqdimotlarini oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Ushbu dastur Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalari maʼmuriyatiga AQSHdan kelgan mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan treninglar ZOOM platformasi orqali va kasbiy bilimlarini oshirish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ishtirokchilar keyinchalik Qoʻshma shtatlardagi qisqa muddatli akademik almashinuv dasturida ishtirok etishlari mumkin. Ushbu xat ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 16-aprel kuni Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi faollar zalida hududning barcha maktab rahbarlariga seminar-trening boʻlib oʻtdi.
"AMIR TEMUR MARKAZLASHGAN DAVLAT ASOSCHISI, ILM-FAN VA MADANIYAT HOMIYSI"
Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida joriy yilning 5-aprel kuni “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi a’zolari tomonidan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi” mavzusida ilmiy-nazariy seminar o‘tkazildi. Seminarni “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri tarix fanlari nomzodi.dotsent Yu.Haydarov kirish so‘zi bilan ochdi.
YURTIMIZDA BAHOR NAFASI
Assalom Navroʻz
Joriy yilning 20-mart kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida Maktabgacha, Boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari kursi mart oyi tinglovchilari tomonidan, Yasharish yangilanish bayrami boʻlmish Navroʻz ayyomi munosabati bilan ʼʼ Assalom Navroʻzʼʼ deb nomlangan ajoyib tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari Navroʻz ayyomi tarixi haqida gapirib berishdi, sherlar, raqslar hamda xalq ogʻzaki ijodidan laparlar aytishdi. Bayram tadbiri yigʻilganlarga juda manzur boʻldi. Barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.