«O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.MIRZIYOEV ASARLARI VA MA’RUZALARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTNI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISH MASALASI» MAVZUSIDA OCHIQ DARS
2019-yil 18-noyabr kuni Buxoro viloyat xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o’qituvchisi M.Oripova 1.1 «O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining isloh qilinishi» modulidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev asarlari va ma’ruzalarida jamiyat taraqqiyotni yangi bosqichga ko‘tarish masalasi» mavzusidagi ochiq darsini «Ona tili va adabiyoti» kursi tinglovchilari bilan o’tkazdi.
Ochiq darsda O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b O.Uzoqov, «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri, dotsent Yu.Haydarov, markazning 15 nafar professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.
LAYOQATLI O‘QITUVCHIDAN ISTE’DODLI PEDAGOGGACHA
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limdan maqsad o‘quvchini keng qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqotga kirisha oladigan, ta’lim jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo‘llay oladigan barkamol shaxs qilib yetishtirishdir.
Ma’lumki, matematik savodxonlik barcha fanlarni, ayniqsa, aniq fanlarni o‘zlashtirishda muhim o‘rin egallaydi. Bu jarayonda matematika fanining ahamiyati beqiyosdir. Matematika – fan va texnika taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bo‘lib, fan, madaniyat va kundalik hayotimizda alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari faoliyatida keng ko‘lamdagi matematika bilan shug‘ullanishlar bo‘lishi kerak.
MAHORAT DARSI
2019-yil 13-noyabr kuni Buxoro viloyat xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasi o’qituvchilari N.Botirova va A.Muxidovlar tomonidan 3.1 “Ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” modulidan “Multimediyali elektron o’quv resurslarini yaratish” mavzusidagi “Mahorat darsi” “Ingliz tili fani o‘qituvchilari” kursi tinglovchilari ishtirokida o’tkazildi.