INNOVATSION-KORPORATIV HAMKORLIK
2019-yilning 9 noyabrida Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida BuxDU “Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo‘limi boshlig‘i B.O‘rinov va “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi raisi D.Axmedovalar ishtirokida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini samarali amalga oshirish uchun innovatsion-korporativ hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, innovatsion loyihalarni yaratish va ularni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Халқаро ҳамкорлик дастури амалда
2019-йил 25-октябрь куни Бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш ҳудудий маркази “Тилларни ўқитиш методикаси” кафедраси ташаббуси билан Француз тили ўқитувчилари малака ошириш курси тингловчиларига Франциялик тилшунос ўқитувчилар Тўнис Ултердикс, Катерин Ултердикса, Дион Рўдо маҳорат дарсларини ўтдилар. Ўқув машғулотлари давомида курс тингловчиларига ўқувчиларни француз тилига ўргатишнинг долзарб муаммолари, уларнинг ечимлари, амалиётда қўлланилаётган педагогик технологиялар тўғрисида маълумотлар берилди. Назарий кўрсатмаларни машғулот жараёнида амалиётда қўллаш усуллари намойиш этилди. Машғулот ишида кафедранинг профессор – ўқитувчилари иштирок этиб, меҳмонлар билан ўзаро фикр алмашдилар.
“Yangi davr pedagogi” tafakkur sinovi tadbirini o‘tkazildi
2019 yilning 25 oktabrida Buxoro viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida ta’limda raqobatbardosh bo‘la oladigan maktab o‘qituvchisining bugungi davr talablari asosida o‘z faoliyatidagi nazariy va amaliy bilimlarini hayotga tadbiq etishi va uning mazmun-mohiyatini chuqur anglashi, jamiyat taraqqiyoti va yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishida ustoz va murabbiylarning faoliyat samaradorligini, barkamol shaxsni tarbiyalashdagi fidoyiligini yanada oshirish maqsadida “Yangi davr pedagogi” tafakkur sinovi tadbirini o‘tkazildi. Tanlovda g‘olib chiqqanlar markaz rahbariyatining maxsus diplomlari va Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.