BIRINCHI VA IKKINCHI RENESSANS DAVRIDA MARKAZIY OSIYOLIK OLIMLARNING ILM-FAN SOHASIDAGI YUTUQLARI
Joriy yilning 16-fevral kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yngi metodiklarga o’rgatish milliy markaziga Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, akademik X.I. Ibraimov va institutning professor-o’qituvchilari tashrif buyurdi.
Shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur
Jahon tarixida oʻlmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda maʼlum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy estetik tafakkurining shakllanishida balki jahon adabiyotida, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida oʻringa ega. Mustaqillik Oʻzbekistonimizda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish, uning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targʻib qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
"Bulbuldek zabonim – Hazrat Navoiy"
2024-yil 9-fevral kuni Buxoro viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bag‘ishlab "Bulbuldek zabonim – Hazrat Navoiy" nomi ostida nazm va navo kechasi tashkil etildi.
Tadbirni “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri G.Muqimova ochib berdi va yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi L.Sh.Bozorova el suygan buyuk bobokalonimizning har bir yaratgan asari asrlar davomida jahonning noyob adabiy durdonasi ekanligini ta’kidladi. Milliy markaz ARM xodimlari tomonidan Alisher Navoiy asarlari ko’rgazma burchagi tayyorlandi.