hamkorlik
Fransuz madaniyati oyligi doirasida 2026-yil 19–23-oktabr kunlari Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida fransuz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
✔️ Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur seminarda 25 nafar fransuz tili o‘qituvchisi ishtirok etdi.