konferensiyalar
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida “Xalqaro baholash dasturlari asosida o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
➖ Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Braziliya va Malayziyadan olimlar, xalqaro ekspertlar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.