markaz yangiliklari
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonidan malaka oshirish kurslari tinglovchilarining dastlabki bilim va kasbiy kompetensiyalarini aniqlash maqsadida diagnostik test sinovlari tashkil etildi.
Diagnostik testlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining musiqa rahbarlari yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirayotgan tinglovchilar ishtirok etdilar.