markaz yangiliklari
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida musiqa fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish kursi tinglovchilari uchun “Ekologik huquq va ekologik xavfsizlik masalalari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
📝 Mashg‘ulot davomida ekologik huquqning ahamiyati, ekologik xavfsizlikni ta’minlash zarurati, mavjud ekologik tahdidlar, ularning oldini olish yo‘nalishlari hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ekologik loyihalar va amaliy yechimlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.