KRK
Ayni kunlarda Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida tabiiy fanlar (kimyo, biologiya, fizika va geografiya) o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan samarali foydalanish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, laboratoriya va tajriba mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘quvchilarning ilmiy tafakkuri, tadqiqotchilik ko‘nikmalari va tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.