hamkorlik
Buxoro va Moskva viloyatidagi maktablarni birlashtirgan “Tandem” loyihasi doirasida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Наследие» ta’lim majmuasi direktori o‘rinbosari Natalya Aleksandrovna Noskova bilan virtual uchrashuv tashkil etildi.
📚 Uchrashuv davomida malaka oshirish dasturi tinglovchilari rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning zamonaviy strategiya va usullari bilan tanishdilar.
🌀Shuningdek, bolalarni o‘qitishda O‘zbekiston va Rossiyada qo‘llanilayotgan usul va metodlar qiyosiy tahlil qilinib, samarali pedagogik tajribalar yuzasidan fikr almashildi.