markaz yangiliklari
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Yu. Xaydarov tomonidan tarix fani o‘qituvchilaridan iborat “Rivojlantiruvchi guruh” tinglovchilari uchun 3.1-modul doirasida “Tarix fani maqsadi va jahon tajribasi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida tarix fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarda mardlik, jasorat, vatanparvarlik va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, sovet davridan meros qolgan biryoqlama yondashuvlardan voz kechishning dolzarb masalalari tahlil qilindi.