tongi tadbirlar
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan tonggi tadbir bo'lib o'tdi
🖇 Markaz professor-o‘qituvchilari, xodimlar va malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Sohibqiron hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qiziqarli savol-javoblar hamda viktorinalar o‘tkazildi.
🟢 Sahna ko‘rinishlari orqali Amir Temur siymosi gavdalantirilib, bobokalonimizning o‘gitlari va "Temur tuzuklari"dan namunalar mahorat bilan ijro etildi.