markaz yangiliklari
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida “Xalqaro baholash dasturlari asosida o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
1️⃣ Xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS, TIMSS) va funksional savodxonlikni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari.
2️⃣ Filologik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari.
3️⃣ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning raqamli va texnologik savodxonligini oshirishda sun’iy intellektning o‘rni: muammolar va samarali yechimlar.
4️⃣ Ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni shakllantirish orqali funksional savodxonlikni rivojlantirish va uni baholash.
📅 Konferensiya sanasi: 21-oktabr, 2026-yil
⏰ Maqola va tezislarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 10-oktabr, 2026-yil.
📞 Murojaat uchun:
+998 90 745 77 98
+998 91 402 54 98
+998 97 855 90 04